Universitet rektori G. Muratov Xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “IREG - Akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi Professor Euiho Suhni qabul qildi.
Bugungi kunda Janob Euiho Suh Koreya Respublikasining Аdju universiteti professori hamda dekan lavozimida faoliyat yuritadi. U Times Higher Education (THE) reyting agentligida ishlagan, oliy taʼlim muassasalarni faoliyatini baholash boʼyicha kuchli mutaxassis hisoblanadi.
Suhbat davomida professor universitetlarni reytingini aniqlashdagi indikatorlar haqida batafsil maʼlumot berib, ikkita asosiy indikatorga yaʼni akademik nufuz va ilm-fan bilan shugʼullanishiga eʼtibor qaratilishini taʼkidlab oʼtdi.
Koreyalik mehmon Toshkent shahridagi Adju universitetida taʼlim sifatini obyektiv va shaffof baholab borishga, milliy reytingda oʼrin olishlariga amaliy koʼmaklashishini bildirdi.
Tadbir yakunida Professor Euiho Suh universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.