Yozgi maktabga arizalar qabuli boshlandi
Talabalarni ilm fan, tadqiqotchilik ishiga jalb qilishga qaratilgan “Summer School 2023 for AUT students” yozgi maktabiga arizalar qabuli boshlandi.
Yozgi maktab Koreya Respublikasining Аdju universitetida oʼtkaziladi. Unda talabalar turli fanlar boʼyicha bilimlarini oshirib, Koreya madaniyati hamda tarixiy obidalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʼladi.
Oxirgi muddat 10-may.