Energetika sohasida kadrlar tayyorlashda oʼzaro hamkorlik doirasida 2023 yilning 25 aprel kuni Koreya energetika agentligi ijrochi direktori janob Ju Myoung Seon boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Аdju universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi Аdju universiteti qoshida "Energetika boʼyicha ekspertlar tayyorlash markazini” tashkil qilish masalasi muhokoma qilindi.
Markaz Oʼzbekiston Respublikasida energiya tejamkorligini oshirish maqsadida energetika sohasida ishlayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil qiladi.
Koreyalik mehmonlar ishtirokida Koreya energetika agentligi hamkorligida universitet hududida oʼrnatilgan quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyasini (40 kvtlik quyosh paneli) ishga tushirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Marosimda Koreyadan tashrif buyurgan muqobil energetika sohasida professor va mutaxassislar, WE Energy Co., Ltd kompaniyasining rahbari, Yashnobod tumani hokimligi vakillari, oliy taʼlim muassasalarining prorektorlari ishtirok etdi.