icon

Почта:

info@ajou.uz
icon

Колл-центр

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Oʼzbek talabalari Koreyada muddatidan oldin referendumda ishtirok etdi

Blog Details

Oʼzbek talabalari Koreyada muddatidan oldin referendumda ishtirok etdi

Oʼzbek talabalari Koreyada muddatidan oldin referendumda ishtirok etdi

19 aprel kuni Janubiy Koreyaning Suvon shahrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi boʼyicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boʼlib oʼtdi. Unda Аdju universitetida almashuv dasturi asosida tahsil olayotgan Toshkent shahridagi Аdju universitetining talaba-yoshlari ham ishtirok etdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, muddatidan oldin ovoz berish jarayoni, yuksak darajada faollik va uyushqoqlik bilan tayyorgarlik asosida va Oʼzbekiston Saylov kodeksi talablari asosida oʼtkazildi.

Saylovda ishtirok etgan talaba yoshlar bilan Koreya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan universitet rektori G.Muratov, mamlakatimizning Seuldagi elchixonasining maʼsul xodimi Z.Saidov bilan uchrashib, Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

Tadbir davomida Deu Taʼlim Jamgʼarmasi tomonidan 2022-2023 oʼquv yilining ikkinchi semestridan boshlab Koreyaning Аdju universitetida oʼqiyotgan yetti nafar oʼzbek talabalariga grant mablagʼlarini ajratish boʼyicha sertifikatlar topshirildi.