Matematika fanidan Surxandaryo viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari
Joriy yilning 29 aprel kuni Surxandaryo viloyatida matematika fanidan (ingliz tilida) boʻlib oʻtgan Toshkent shahridagi Adju universitetining fan olimpiyadasida jami 137 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.
Bugun fan olimpiyadasi natijalari Koreyalik professorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlandi.
Fan olimpiyadasi gʻoliblari Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 80 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va A-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Olimpiyada ishtirokchilardan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar universitetga kontrakt-shartnoma miqdorining 50 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va B-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.
Barcha gʻolib va yuqori ball olgan oʻquvchilarni tabriklaymiz, zamonaviy kasblar makoni Toshkent shahridagi Adju universitetiga taklif qilib qolamiz.