Polsha oliy taʼlim muassalari rektorlari Kengashi raisi, Sileziya texnologik universiteti rektori janob Аrkadiyush Mezyuk hamda jahonga mashhur Elsevier noshirlik kompaniyasining London ofissi tahlil masalalari boʼyicha direktori Maksim Xan Toshkent shahridagi Аdju universitetga tashrif buyurdi.
Universitetimiz rektori G. Muratov bilan suhbat chog‘ida kelgusida ikki tomonlama yozgi maktab, almashinish dasturi va shu kabi keng qamrovli amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Martabali mehmonlar universitetimiz bilan tanishib, talabalar bilan ham suhbat o’tkazdi.