Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston-Koreya oliy talim muassasalari rektorlari forumida Koreya Respublikasining Adju universiteti prezidenti janob Keechoo Choi ishtirok etmoqda.
Tadbirda janob Keechoo Choi oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan oliy taʼlim muassasasi bilan birga Toshkent shahridagi Adju universiteti faoliyati haqida taqdimot qildi.
Forum doirasida Koreya delegatsiya vakillari 2023-yilning 29-mart kuni Toshkent shahridagi Adju universitetiga tashrif buyurib “Yashil makon umummilliy loyihasi” asosida Oʻzbek-Koreys doʻstlik bogʻi barpo etilishi rejalashtirilgan.