Oʼzbekiston-Tojikiston rektorlari 1-forumida Toshkent shahridagi Аdju universiteti va Tojikiston Milliy universiteti bilan Hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu hujjatda oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida umumiy manfaatga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar, tajriba va amaliyot almashish, hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, konferentsiyalar, seminarlar, professor-oʼqituvchilar va talabalar almashuvi dasturlarini yoʼlga qoʼyish koʼzda tutilgan.
Hamkorlik shartnomasi doirasida joriy yilda Toshkent shahrida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʼrtasida integratsiyani chuqurlashtirish masalasida xalqaro konferentsiya oʼtkazish rejalashtirildi.
Shuningdek, Koreyalik professor-oʼqituvchilarni Tojikiston milliy universitetida “mahorat darslarini” hamda tojik talabalari uchun Toshkent shahrida “yozgi maktab” dasturini tashkil qilish kelishib olindi.