Ajou sog'lom turmush tarzi tarafdoridir
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Bugun, Toshkent shahridagi Adju universitetida “Xalqaro talabalar kuni” bayrami nishonlandi. Talabalar intellektual, sport hamda jamoaviy o’yinlarda ishtirok etib, kuch va salohiyatlarini sinovdan o'tkazdi. Tadbir davomida g'olib talabalar universitet rahbariyati tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.
“II — arxitektura vorkshopi” o‘z yakuniga yetdi Bugun, 17-noyabr kuni Toshkent shahridagi Adju, Toshkent arxitektura-qurilish hamda Puchon universitetlarining talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “II — arxitektura vorkshopi” yakunlandi. O‘tgan hafta davomida uchta oliy ta’lim muassasalarining arxitektura yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Toshkent suv havzalarining mustahkam qirg‘oqlari dizayni” mavzusida bellashdilar. Ayni damda Adju universitetida yig‘ilgan ushbu vorkshop ishtirokchi va g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Adju universiteti prorektori Bahodir Qo‘chqorov Chungnam National University vakili Kim Chang Ju bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda koreyalik talabalarning O‘zbekistonga tashrifi masalalarini muhokoma qildi. Endilikda madaniyatimiz va urf-odatlarimiz bilan tanishish maqsadida Chungnam National Universityning bir guruh talabalari qishki ta’til davomida Toshkentga kelishi rejalashtirilmoqda. O‘z navbatida prorektor B.Qo‘chqorov Adju universiteti koreyalik talabalarni turar joy bilan ta’minlash, tashrif davomidagi barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun amaliy yordam berishga tayyorligini alohida ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar kelgusida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Toshkent shahridagi Adju universitetiga Koreyaning Inxa universiteti professori Kim Jung Ho tashrif buyurdi hamda bugungi kunda dunyoda iqlim o‘zgarishi global muammolardan biri ekanligi to‘g‘risida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot doirasida aynan iqlim o‘zgarishining Markaziy Osiyoga ta’siri alohida ta’kidlanib o‘tildi. Uchrashuvda professor Kim Jung Ho Koreya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va iqlim o‘zgarishini oldini olish" loyihasida Toshkent shahridagi Adju universiteti ham ishtirok etishini ma’lum qildi. Loyiha doirasida universitet talabalari tomonidan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini oldini olish va yumshatish masalalariga doir ilmiy izlanishlari hamda loyihalari qo‘llab- quvvatlanishi ta’kidlandi. Uchrashuv so‘nggida "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va iqlim o‘zgarishini oldini olish" loyihasini maqsadli hamda samarali amalga oshirish to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi rasmiylashtirildi.