icon

Mail:

info@ajou.uz
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju Universiteti tarixi

Toshkent shahridagi Adju Universiteti tarixi

Soʻz boshida shuni taʼkidlash joizki, XXI asrda Osiyoning yetakchi universiteti boʻlish Adju universitetining oliy maqsadi hisoblanadi. Bu oʻz navbatida tarix saxifalarida ham qayd etiladi. Bugungi kunda, biz Oʻzbekistondagi xorijiy universitetlar orasida yetakchilardan biri boʻlishga harakat qilmoqdamiz.

Toshkent shahridagi Adju universiteti bir qator yetakchi va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. Professor oʻqituvchilarimiz darslarni yangi texnologiyalar, zamonaviy dasturlar, fanga boʻlgan yangicha qarashlar bilan olib boradi. Bizning professor oʻqituvchilarimiz “Pedagoglar oluvchi emas, balki beruvchilar” qabilida faoliyat olib borishni maqsad qilib olgan.

Shuning uchun, aziz ota-onalar, siz oʻz farzandlaringizni bizga ishonib topshiringiz mumkin. Biz ularni  maʼnan yetuk va kasbiy bilimga ega qilib tarbiyalaymiz.

Toshkent shahridagi Adju universiteti Oʻzbekiston  va Koreya  davlatlari oʻrtasidagi xamkorlik  aloqalarini yanada mustaxkamlash uchun xizmat qiladi.

Toshkent shahridagi Adju universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi «Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil yetish toʻgʻrisida»gi PQ-4041-son qarori bilan tashkil etilgan.

Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishi arxitektura, qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston va jaxon miqyosida raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

 Bundan tashqari, ta’lim, fan va texnologiya sohasida xorijiy davlatlar, xususan, Koreya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlash Toshkent shahridagi Аdju universiteti maqsadi hisoblanadi.

Universitet ta’lim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini hisobga olgan holda Аjdu universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.

Oʻquv jarayoniga Koreya Respublikasidan professor-oʻqituvchilar, xorijlik mutaxassislar, xorijdagi yetakchi oliygohlar bitiruvchilari orasidan shakllantirilgan milliy kadrlar jalb etilgan. Bizdagi  muhit yuqori darajada ijobiy shakllangan.

2020/2021 oʻquv yili uchun Toshkent shahridagi Аdju universiteti bakalavriatning uchta yoʻnalishi: Аrxitektura, Qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlarida tahsil olish uchun dastlabki 420 nafar talabaga oʻz eshiklarini ochdi.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini  oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Аdju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olingan Аdju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.