icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universiteti vakillari Malayziyada xalqaro tajriba almashuv dasturida ishtirok etmoqda.

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universiteti vakillari Malayziyada xalqaro tajriba almashuv dasturida ishtirok etmoqda.

Toshkent shahridagi Adju universiteti ilmiy kotibi Zulfiya Khabirova va metodist Zulfizar Mekhmonova Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris Universitida bo‘lib o‘tgan bir qator xalqaro konferensiya va workshoplarda  ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlandi. 

Tadbirlar doirasida universitetimiz vakillari xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.