icon

Mail:

info@ajou.uz
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Nega aynan Adju

Nega aynan Adju

    Toshkent shahridagi Аdju universiteti Oʻzbekistonda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bilan Koreya Respublikasining Аdju universiteti oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi PQ 4041-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Toshkent shahridagi Аdju universitetida  7 ta mutaxassisliklar tashkil etilgan: arxitektura, interyer dizayn, qurilish muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, IT Biznes, ingliz filologiyasi va menejment, koreys filologiyasi va menejment kabi  yoʻnalishlar mavjud boʻlib, darslar faqatgina ingliz tilida boʻladi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi  4 yillik oʻquv yilidan iborat.

    Аdju universiteti Koreyadagi yetakchi tadqiqot universitetlardan biri boʻlib, Жоонг-анг Даилй jurnali tomonidan 2018-2019-yillar davomida  toʻrt yillik ta’lim tizimiga ega boʻlgan 200 ta universitetlar orasida oʻtkazilgan tanlovda 11 oʻrinni egallagan. Shu bilan birga, Аdju universiteti ҚС wорлд ранкинг reytingida 531-oʻrinni egallagan. (Oʻzbekistonda bir necha universitelargina ҚС wорлд ранкинг reytingiga kirgan).

    Аdju universiteti 1973-yilda Suvon shahrida, “21-asr uchun Osiyoning eng yaxshi universiteti” shiori ostida tashkil etilgan.  Suvon shaxri Seuldan taxminan 30km janubda joylashgan boʻlib, “Самсунг Элеcтрониcс” shtab-kvartirasidan atigi 4 km uzoqlikda joylashgan. Аdjuda 14 000 talaba (shu jumladan bakalavriatda 10 000, magistraturada 4 000) universitet tasarrufidagi 11 ta kollej va 14 ta magistratura fakultetlarida ta’lim oladi. Adju universitetining ta’lim va tadqiqot dasturlarida muhandislik, AKT, tibbiyot, biznes va xalqaro aloqalar yoʻnalishlari yetakchi hisoblanadi.

     Аdju universiteti xorijiy talabalarni universitetga jalb qilish uchun turli xil xalqaro dasturlarni taklif qiladi. Hozirda Аdju universiteti  70 ta davlatning 320 ta universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan, har semestrda taxminan 1200 nafar xorijiy talabalar universitetga qabul qilinadi.

* AUTni tanlash uchun sabablar:

1) Eng ilgʻor ta’lim tizimlaridan biri:

Koreyadagi Аdju universitetida mukammal ta’lim tizimi shakllangan. Bundan tashqari, universitetda  magistr va Пҳ.Д darajalarini egallash uchun ham barcha imkoniyatlar mavjud.

2) Qulaylik:

Ta’lim olish uchun barcha sharoitlar, kapital ta’mirlangan oʻquv binolar va talabalar turar joyi, xorijiy universitetlar bilan talabalar almashuv dasturlari, mahalliy va chet el kompaniyalarida amaliyot oʻtash, oʻqishni tamomlagandan keyin ish bilan ta’minlash imkoniyati.

3) Eng yaxshi ish imkoniyatlari:

Ushbu ta’lim yoʻnalishlari Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti uchun juda muhimdir.

Universitet Markaziy Osiyodagi nufuzli kompaniyalar, shu jumladan “артель элеcтрониcс” korxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.