Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Chempionatda ingliz va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. G‘oliblar I, II va III darajali medallar bilan taqdirlandi, turnir g‘olibi esa maxsus kubok va diplom bilan mukofotlandi.