icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetining bir guruh talabalari Koreyaga yo‘l oldi

Blog Details

Adju universitetining bir guruh talabalari Koreyaga yo‘l oldi

Adju universitetining bir guruh talabalari Koreyaga yo‘l oldi

Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi Adju universiteti hamda Koreya Respublikasidagi Adju universiteti o‘rtasida o‘zaro talabalar almashinuv dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, ana shunday dasturning amaliy natijasiga ko‘ra bir guruh talabalar Koreya Respublikasiga bahorgi semestr uchun o‘qishga yo‘l oldi. Ularga muvafaqqiyat tilash maqsadida universitetda tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori G'ayrat Muratov bu dastur talabalar hayotida, bilim olishida alohida muhim o‘ringa ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Qolaversa, talabalarga vaqtini puxta bilim olishga sarflab, yanada yetuk kadr bo‘lib qaytishlariga ishonch bildirdi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalarni hamda aynan shu dastur doirasida qishki semestrda o‘qib kelgan talabalarni ham hayotda o‘z kasbining ustasi bo‘lish, chet elda ta’lim olib kelishi uchun yurtimizda, xususan, Adju universitetida bunday imkoniyatlar kengligi quvontirdi.