icon

Mail:

info@ajou.uz
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Qabul uchun me'zonlar

Qabul uchun me'zonlar

Mahalliy va xorijiy o’rta ta’lim muassasalarini tugatgan yoki 2022-yilning birinchi yarmida bitirayotgan o’quvchilar.

Ingliz tilini bilish daraja sertifikatlari mavjud bo'lgan abituriyentlar uchun.

 

Mahalliy abituriyentlar.

Ingliz tili uchun talab:  IELTS 5,0 va undan yuqori hamda ushbu darajaga teng sertifikat.

Ingliz tili ona tili yoki davlat tili bo’lgan mamlakatlarda oʻrta yoki oliy taʼlim muassasalarini tugatgan abiturentlar ingliz tiliga qo’yilgan talabdan ozod qilinadi.

IELTS sertifikatlari mavjud bo’lmagan abiturentlar o’qishga qabul qilinganlaridan so’ng bir akademik yil davomida talab qilingan IELTS sertifikatini taqdim qilishi lozim (2023 yil avgust oyining oxiriga qadar).

 

Imtiyozli qabul

-  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarilari  https://piima.uz/.

- Toshkent shahridagi Adju universitetining fan olimpiada g’oliblari va yuqori ball olganlar.

- Universitet qoshidagi tayyorlov kurslarining a’lochi bitiruvchilari.

 

Xorijiy abiturentlar

-  IELTS 5.0, TOEFL iBT 50, TOEFL Essential 5, CEFR B1, Duoling 80  sertifikatlardan biriga ega bo’lishi talab qilinadi.