icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

 Koreya va O‘zbekiston ilmiy xodimlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Blog Details

 Koreya va O‘zbekiston ilmiy xodimlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

 Koreya va O‘zbekiston ilmiy xodimlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Adju universiteti rahbariyati hamda Koreya iqlim o‘zgarishi instituti direktori Yong Won Shin rahbarligidagi mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Koreya Respublikasi tomonidan taqdim etilayotgan O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish va muqobil energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning mazmun mohiyati tushuntirildi. 

Qolaversa, O‘zbekistonda paxtachilik sohasida olib borilayotgan islohatlar, ilmiy izlanishlar, hududlardagi paxtachilik qamrovlari haqida ma’lumotlar berildi. 

Mazmunli o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra kelgusida ikki tashkilot o‘rtasida rasmiy memorandum imzolashga kelishib olindi.