icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju univeristeti va koreyalik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Blog Details

Adju univeristeti va koreyalik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Adju univeristeti va koreyalik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahridagi Adju universitetiga Koreya Respublikasidan yurtimizda bir qancha innovatsion loyihalarni tadbiq etish maqsadida bir guruh tadbirkorlar tashrif buyurdi. Ular, shamoldan muqobil energiya olish, issiqxonalar uchun yangi texnologiyalar, kichik energiya ishlab chiqarish manbalari haqida o‘z takliflarini bildirdi. 

Qolaversa, HANBAEKCHO CO., LTD bosh direktori Kim Gvang-Min Adju universiteti talabalari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadigan hamkorlik masalalari haqida takliflarini kiritdi. Universitet bitiruvchilari uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tiklanadigan energiya, aqlli fermalar va ilg‘or konvergentsiya texnologiyalari sohalarida kompaniyalar ochish imkoniyatlari shular jumlasidandir. 

Adju universiteti rahbariyati mehmonlarga tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, bu kabi uchrashuvlar talabalar uchun ahamiyatli bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.