icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universiteti 4 yoshda

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universiteti 4 yoshda

Toshkent shahridagi Adju universiteti 4 yoshda

Ta’lim tizimi dunyo standartlariga javob beradigan, amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirgan, Koreya ta’lim metodikasini o‘zlashtirgan, qolaversa, jamoasini xalqaro hamda koreyalik prefessorlar bilan jamlagan Adju universiteti 4 yoshga to‘ldi. 

Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etildi hamda 2020-yil o‘z ta’lim faoliyatini boshladi. 

2021-yil 1-fevralda qabul qilgan ilk qaldirg‘ochlarimiz esa uchishga tayyor turibdi. Ayni damda univeristetimizda 6 ta fakultetda, 1500 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda professor o‘qituvchilar tarkibi jami 68 nafar bo‘lib, jumladan, 32 ta koreyalik, 5 ta xorijiy professorlardan tashkil topgan. Qolaversa, universitetda 6 nafar fan doktori, 17 nafar PHD, 14 nafar katta o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

Shu qisqa vaqt ichida talabalar uchun bir qancha imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, Koreyada tahsil olish, malaka oshirish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish, yil davomida a’lo baholarga o‘qigan talabalarga moliyaviy imtiyozlar berilishi shular jumlasidandir. 

Universitetni tugallagan talaba dunyo bo‘yicha tan olingan diplom sohibi bo‘lishi bilan birgalikda, ingliz va koreys tillarini ham mukammal o‘rganadi. 

Bugungi kunda ishonch bilan ayta olamizki, Toshkent shahridagi Adju universiteti mamlakatimizning oliy ta’lim dargohlari ichida ham alohida o‘ringa ega. Universitetimiz jamoasi yoshlarga innovatsion bilim va ko‘nikmalarini berishdan charchamaydi. Zamonaviy auditoriyalar, loboratoriyalar, maxsus jihozlangan xonalar esa, ushbu bilimlarni chuqurroq o‘rganishga zamin yaratmoqda. 

Hurmatli universitetimiz jamoasi, talaba-yoshlarimiz hamda farzandining kelajagini biz bilan bog‘lagan ota-onalar! 

Barchangizni universitimizning 4 yoshi bilan qutlaymiz! Omad va zafarlar yor bo‘lsin!