icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Sarvarxon Buzrukxonov Koreyaning Adju universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Blog Details

Sarvarxon Buzrukxonov Koreyaning Adju universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Sarvarxon Buzrukxonov Koreyaning Adju universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligidagi delegatsiya hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori Gʻayrat Muratovlar ikki mamlakat rektorlarining xalqaro forumini o‘tkazish masalalarini  muhokama qilish maqsadida Koreyaga tashrif buyurishgan.

Kuni kecha, Koreyaning Adju universiteti Prezidenti Keyesho Choi hamda universitet professori, Toshkent shahridagi Adju universiteti loyihasi rahbari Han Ho bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tantanali kutib olingan O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga davlatimiz bayrog‘i ko‘tarildi. Uchrashuv davomida ta’limdagi yangiliklar, sohaga oid bir qancha masalalar muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi xodimi Shahzod Qurbonov hamda Gʻayrat Muratovlar bilan talabalar almashinuvi dasturi doirasida ta’lim olayotgan Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalari o‘rtasida samimiy suhbat tashkil etildi. Talabalar Koreya ta’lim tizimi, madaniyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlari haqida so‘zlab berishdi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Suvondagi Adju universiteti hududi 47 gektarni tashkil etadi. 39 yo‘nalishda 14 mingga yaqin talabalar tahsil olayotgan ushbu univeristetda 100 nafardan ziyodi o‘zbek talabalari hisoblanadi.