icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju universitetida koreys tili o‘qituvchilari malaka oshirmoqda

Blog Details

Adju universitetida koreys tili o‘qituvchilari malaka oshirmoqda

Adju universitetida koreys tili o‘qituvchilari malaka oshirmoqda

Bugun, Toshkent shahridagi Adju univeristetida Koreya tomonidan O‘zbekistonda o‘qituvchilarning koreys tili ta’lim darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv kursi o‘z ishini boshladi. 

Toshkent Koreya ta’lim instituti, Kookmin universiteti, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti hamda Adju universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu kursga Koreya Respublikasidan 9 nafar mutaxassislar jalb etildi. 

Yurtimiz maktablarida koreys tilidan dars berayotgan 30 nafarga yaqin pedagoglar ushbu kurs orqali Koreyada koreys tilini o‘qitish usullari, o‘qitish metodikasi va dars materiallaridan unumli foydalanishni yangi bosqichda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.