10-oktabr kuni Adju universitetida Koreyaning Xangul bayrami nisholandi. Ushbu bayram Koreyaning eng muhim madaniy yutuqlaridan biri bo'lgan koreys alifbosi Xangulning yaratilishiga bag'ishlangan.
Toshkent Shahridagi Adju Universiteti rektori G. Muratov Koreyaning 2-"K-suv jamiyati" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada O‘zbekiston hududlarida suvni tejamkorligini oshirish, suvni qayta ishlash va tozalash shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida kutilayotgan suv tansiqligini oldini olish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida Toshkent Shahridagi Adju universiteti, Koreyaning “K-water" xalqaro tashkiloti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kelishildi. Konferensiya yakunida "Innovator suv muhandislik g‘oyalari” konkursining g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan tanlovning “Kelajak yulduzi” nominatsiyasida Toshkent Shahridagi Adju Universiteti talabalari g‘olib deb topildi.
Toshkent shahridagi Adju Universitetida Koreya milliy bayrami Chusokga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi Har yili an'anaviy tarzda nishonlanadigan ushbu tantana «Xosil bayrami» degan ma'noni anglatadi. U odatda oy taqvimi bo‘yicha sakkizinchi oyning 15 kunidan boshlab uch kun davomida nishonlanadi. Bu sana kuzgi yig‘im-terim paytiga to‘g‘ri keladi.
Adju universitetida shaxmat, voleybol va stol tennisi bo'yicha "talabalar ligasi" o’tkazilmoqda! Bu har kuni ko'plab talabalarni jalb qiladigan qiziqarli musobaqadir. Shaxmat, voleybol va stol tennisi bu nafaqat sport, balki intellektual va jismoniy qobiliyatingizni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
2023-yil 19-sentabr kuni Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori G.Muratov ishtirokida Qurilish muhandisligi 3-bosqich talabalari orasida "ochiq dars" tarzida suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida universitet rektori talabalar bilan muloqot qilib, qiziqqan savollariga javob berdi. Shu jumladan yoshlar magistratura taʼlimi haqida malumotlar, dars jarayonidagi faolliklar, yangi oʻquv binosi va oʻquv tizimi oʻzgarishlari bilan tanishtirildi.
Toshkent shahridagi Adju universitetida talabalarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida yetarli sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda 10 ta klub-toʻgaraklar “Talabalar uyushmasi” rahbarligida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari universitetdagi oʻndan ortiq sport klublarida yuzlab talabalarimiz sport bilan muntazam shugʻullanmoqda. Bugun 21-sentabr kuni yangi oʻquv yili uchun klublar faoliyati taqdim qilish uchun “Clubs day” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda barcha klublar oʻz faoliyatini taqdimot qildi. Oʻz navbatida talabalar oʻzlari qiziqqan klublarga aʼzo boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi.