icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Prezident tashabbusi — amalda!

Blog Details

Prezident tashabbusi — amalda!

Toshkent shahridagi Adju universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy natijasi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.

Universitetda sport infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish hamda talabalar va hudud aholisining muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish ishlari izchil davom etmoqda.

Tadbir doirasida universitet hududida Odil Ahmedov nomidagi futbol akademiyasi hamda Jang san’atlari akademiyasining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini yuksaltirish, professional sportchilarni tayyorlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Mahmudov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, yetakchi sport federatsiyalari vakillari, sport faxriylari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadaning aynan Toshkent shahridagi Adju universitetida o‘tkazilishi mazkur ta’lim muassasasining nafaqat akademik, balki jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol, irodali va maqsadga intiluvchan yoshlarni tarbiyalashdagi muhim o‘rnini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.