Tadbir Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi rahbari M. Maxmudova boshchiligida 2–4-kurs talabalari hamda koordinatorlar M. Mamasoliyeva va U. Maxsumovalar ishtirokida tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarga ishga joylashishning zamonaviy yo‘llari, xususan, Vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish tartibi, ariza topshirish bosqichlari hamda suhbat jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, test savollariga tayyorgarlik va intervyuda o‘zini to‘g‘ri taqdim etish bo‘yicha amaliy master-klass tashkil etildi.