icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetida “Juma – milliy liboslar kuni”!

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universitetida “Juma – milliy liboslar kuni”!

Toshkent shahridagi Adju universitetida “Juma – milliy liboslar kuni” munosabati bilan milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbus davom etmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida fakultet talaba qizlari hamda ustozlari har haftaning juma kuni milliy liboslarda o‘z ish faoliyatlarini boshlashmoqda.

Atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar nafaqat estetik go‘zallikni namoyon etadi, balki xalqimizning boy madaniy merosini ham ifodalab, ta’lim muhitiga o‘ziga xos fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.