icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

16-aprel kuni Toshkent shahridagi Adju universitetining “Ma’naviyat va ma’rifat”, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi (M. Maxmudova) rahbarligida IT Business fakultetining 2-kurs talabalari hamda koordinator U. Maxsumova ishtirokida “Kelajak soati” darslari doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Blog Details

Tadbir davomida “O‘z kelajagim uchun o‘zim mas’ulman” hamda “Ta’lim tashkilotida ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalari” mavzulari muhokama qilindi.

“O‘z kelajagim uchun o‘zim mas’ulman” mavzusida yoshlarning shaxsiy mas’uliyati, mustaqil fikrlashi, hayotiy maqsadlarini belgilashi va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritildi.

“Ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalari” mavzusida esa talabalarning universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilishi, intizom va madaniyatning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib,  talabalar faol ishtirok etdilar.