Tadbir o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari — akademik olim Aziz Qayumov, shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi hamda O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ularning boy ijodiy merosiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ularning hayoti va ijodi yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, asarlaridan namunalar o‘qildi hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbirda Mushoira klubi rahbari Madina Maxmudjonova va koordinator Dilafruz To‘rayeva ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Yakunda tadbir ishtirokchilarida milliy adabiyotimizga hurmat va ma’naviy merosga ehtirom tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.