Toshkent shahridagi Adju Universitetining talaba-yoshlari ingliz tilida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtirok etishdi.
Bellashuv Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida nufuzli oliygohlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Adju universiteti jamoasi:
o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi
ingliz tilida erkin fikr almashish tajribasiga ega bo‘ldi
va ishtiroki uchun sertifikatlar bilan taqdirlandi
Bunday intellektual bellashuvlar — bu nafaqat natija, balki katta tajriba, o‘sish va kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevordir.
Talabalarimizga keyingi bellashuvlarda omad va katta zafarlar tilaymiz!