icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

TOSHKENT SHAHRIDAGI ADJU UNIVERSITETI TALABALARI O‘ZBEKISTONNING QADIM SHAHARLARIDA.

Blog Details

TOSHKENT SHAHRIDAGI ADJU UNIVERSITETI TALABALARI O‘ZBEKISTONNING QADIM SHAHARLARIDA.

Adju universiteti Talabalar ittifoqi O‘zbekistonning eng qadimiy va betakror shaharlari — Samarqand hamda Buxoroga qiziqarli va mazmunli sayohat uyushtirdi.

Samarqandda talabalar quyidagi mashhur tarixiy maskanlarni ziyorat qildilar:
• Imom al-Buxoriy maqbarasi
• Bibixonim masjidi
• Shohizinda majmuasi
• Registon maydoni

Sayohatning davomida talabalar mamlakatning eng mashhur tarixiy markazlaridan biri, tarixiy boyligi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro shahriga tashrif buyurdilar. Bu yerda ular shaharning eng taniqli diqqatga sazovor joylari: Ark qal’asi, Poi Kalon majmuasi, Labihovuz ansambli, Somoniylar maqbarasi va Chor Minor kabilarni tomosha qildilar.

Ushbu sayohat talabalarga nafaqat Samarqand va Buxoroning noyob obidalaridan zavqlanish, balki O‘zbekistonning qadimiy shaharlari boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.