Bugun 2026-yil, 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Adju universitetida yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda yoshlarni turli yot oqimlar ta’siridan himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi magistratura tinglovchisi, mayor Suhrob Arapatov, professor-o‘qituvchilar, koordinatorlar hamda Adju universiteti talabalari ishtirok etdilar.