icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Adju olimpiadasida g‘olib bo‘ling — grantni qo‘lga kiriting!

Blog Details

Adju olimpiadasida g‘olib bo‘ling — grantni qo‘lga kiriting!

Toshkent shahridagi Adju universitetida II Xalqaro “Kelajak muhandisi 2026” olimpiadasi bo‘lib o‘tadi!

Ushbu olimpiada sizga muhandislik loyihalarini amalga oshirish, jamoada ishlashni o‘rganish va eng muhimi — grant yutish imkoniyatini beradi!

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari:
— imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi
— hamda 50% gacha grant sohibi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Olimpiada quyidagi ta’lim yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
Arxitektura va interyer dizayni: Spagetti mahsulotidan 1 metrli minora yasash (AI yordamida loyihalashtiriladi)

Qurilish inshoatlari muhandisligi: Yog‘och mahsulotidan ko‘prik konstruksiyasini barpo qilish (AI yordamida loyihalashtiriladi)

Elektrotexnika, AI va dasturiy ta’minot muhandisligi: Amaliy va loyiha ishlarini AI yordamida bajarish

Ishtirokchilar jamoa shaklida qatnashadi.

Olimpiadada barcha hududlardagi o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin!

Ishtirok etish uchun ariza: Shakl (https://forms.gle/TrBT38NqgeYUQry86)
Sana: 4-aprel
Manzil: Toshkent shahridagi Adju universiteti