icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Universitet rahbariyati ayol xodimlar va talaba qizlarni samimiy tabrikladi. Universitet xodimlari tomonidan tayyorlangan dastur doirasida o‘yinlar, tanlovlar va “Zaif halqa” intellektual viktorinasi o‘tkazildi.

Bayram dasturi “Miss AJOU” tanlovi bilan davom etdi. Unda universitet talabalari va Adju xalqaro maktabi o‘quvchi qizlari o‘z iste’dodi, aql-zakovati va sahna madaniyatini namoyish etdi.

Tadbir davomida tabriklar yangradi, ishtirokchilarga gullar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bayram shodlik va ko‘tarinki kayfiyat ruhida o‘tdi.