Forum Ajou universiteti prezidenti, Koreya Ta’lim vazirligi vakillari, O‘zbekiston elchisi va Kadrlar malakasini oshirish instituti rahbariyati ishtirokida o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori, prof. G. Muratov, taqdimot sessiyasida so‘zga chiqib, oliy o‘quv yurtining faoliyati va uning Koreya-O‘zbekiston akademik hamkorligini mustahkamlashdagi roli haqida ma’lumot berdi.
Forum dasturiga ko'ra ikki mamlakat oliy ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi, O‘zbekiston va Koreya universitetlari taqdimotlari, rektorlarning ikki tomonlama uchrashuvlari o'tkazildi va yangi hamkorlik shartnomalari imzolandi.