Biz ish beruvchi kompaniyalar va talabalarni "Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi" yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif etamiz.
Tadbirda "O‘zeltexsanoat" uyushmasining yetakchi mahalliy elektrotexnika korxonalari ishtirok etib, talabalarga o‘qish davridayoq stajirovka, amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadilar. Talabalar ishga oluvchilar bilan suhbatlashib, kelajakdagi mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni bilib olishlari va o‘z karyeralarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin bo‘ladi.
Sana va vaqt: 27-noyabr kuni soat 11:00 da.