"Dolzarb 90 kun" tashabbus loyihasi doirasida Adju universiteti talabasi Ibrat akademiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli munozarada qatnashdi.
Ushbu tadbir butun O‘zbekistondan iqtidorli talabalarni to‘plab, dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Bahs-munozaralarda ishtirok etish talabamizga o‘zining tahliliy qobiliyatlarini, ommaviy nutq so‘zlash mahoratini va o‘z nuqtai nazarini asosli himoya qilish salohiyatini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.
"Dolzarb 90 kun" loyihasi nafaqat yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, balki sog‘lom raqobat va hamkorlik ruhini ham mustahkamlaydi. Talabamizni munosib ishtirok etgani bilan tabriklaymiz va unga akademik hamda kasbiy faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz!