icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Bitiruvdan so‘ng: Adju universiteti talabasi muvaffaqiyat tarixi

Blog Details

Bitiruvdan so‘ng: Adju universiteti talabasi muvaffaqiyat tarixi

Toshkent shahridagi Adju universiteti har bir talaba o‘zining noyob salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etishi mumkin bo‘lgan zamonaviy ta’lim maskanidir. Bu yerda yaratilgan innovatsion muhit, ilg‘or o‘quv dasturlari va xalqaro standartlarga mos infratuzilma talabalarni raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Universitetda tahsil olgan ko‘plab yoshlar bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham o‘z o‘rnini topmoqda. Ularning muvaffaqiyat tarixlari — tirishqoqlik, fidoyilik va to‘g‘ri tanlangan ta’lim yo‘lidan dalolat beradi.

Adju universiteti barcha iqtidorli yoshlarni o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish, orzular sari dadil qadam tashlash va kelajakda yuksak cho‘qqilarni zabt etishga chorlaydi.

Shunday tarixlardan biri — “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” yo‘nalishini tamomlagan O‘ktamov Shahbozga tegishlidir. O‘qish davrida u yuqori bilim darajasi, ilg‘or texnologiyalarni egallashga bo‘lgan intilishi hamda yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turdi. Shahboz turli amaliy loyihalarda faol ishtirok etib, real muammolarga innovatsion yondashuvlar ishlab chiqdi.

Muvaffaqiyat tarixining davomini — maqolamizda o‘qing (https://telegra.ph/Adju-universiteti-talabasi-muvaffaqiyat-tarixi-04-21).