Tadbirda “Kelajak maktubi” bitilib, unga Koreya Respublikasining Adju universiteti va Toshkent shahridagi Adju universitetining maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilari, talabalari oʻz orzulari va intilishlarini bayon qildi.
Ma'lumki, Adju universiteti koreys akademik taʼlim anʼanalari hamda oʻzbek qadriyatlarini birlashtirgan ikki xalq madaniyati va mamlakati oʻrtasidagi koʻprikdir. Ayni damda bu koʻprikka tamal toshi qoʻyilgan boʻlsa, kelajak avlod uning haqiqiy bunyodkori boʻlishiga ishonch bildirildi.
Maktubni 2040-yilda ochilish maqsadida maxsus kapsulaga joylashtirildi.