Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori, prof. G‘ayrat Muratov, Polshaning Silesiya Texnologiya Universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvlarda Erasmus Plus dasturi, qo‘shma ilmiy loyihalar va professor-o‘qituvchilar almashuvi masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida akademik hamkorlik, ilmiy loyihalar va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zaro anglashuv memorandum (MoU) imzolandi.
Professor Muratov SUT kampusi bilan tanishib, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi, shuningdek qurilishi muhandisligi, avtomatlashtirilgan boshqaruv, energetika va arxitektura sohalaridagi loyihalari muhokama qilindi.