icon

Mail:

info@ajou.uz
icon

Call center

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Аdju universitetining taʼlim faoliyatiga 3 yil toʼldi

Blog Details

Toshkent shahridagi Аdju universitetining taʼlim faoliyatiga 3 yil toʼldi

Toshkent shahridagi Аdju universitetining taʼlim faoliyatiga 3 yil toʼldi
Navqiron va biz uchun qadrdon boʼlgan oliy dargohimiz oʼz taʼlim faoliyatini boshlaganiga 3 yil toʼldi. Tarixan qisqa muddatda universitet ustoz va talabalari tomonidan behad ijobiy ishlar amalga oshirildi deyishga haqlimiz. Koreya metodikasi asosidagi taʼlim tizimi, xaytek laboratoriyalar, amaliyot va nazariyaning hamnafasligi ilmu toliblarni chuqur bilim olishlari uchun asos boʼldi. 
Аyniqsa, arxitektura, qurilish injeneriyasi, elektrotexnika va kompyuter muhandisligi kabi yoʼnalishlarni dunyo standartiga mos ravishda oʼrgatish ham aynan shu dargohda boshlandi. 
Jahonning nufuzli universitetlarida tahsil olgan yuqori malakali professor-oʼqituvchilarning saboq berishi, yil davomida aʼlo baholarga oʼqigan talaba yillik shartnomadan tamomila ozod qilinishi, talabalarning Koreyada tahsil olib, malaka oshirish imkoniyati ham bu universitetning oʼziga xosligidan dalolatdir. 
Soha va maʼrifiy yoʼnalishdagi doimiy uchrashuvlar, vorkshoplar, sayyohat, taʼtil vaqtidagi tanlovlar, umuman olganda tadbirlarning barchasi yoshlarning talab darajasidagi mutaxssis boʼlishlariga qaratilgandir. 
Ingliz va koreys tillarining puxta oʼrgatilishi ham ayni maqsadga qaratilgan. Universitetni tugallagan talaba dunyo boʼyicha tan olingan diplom sohibi boʼladi. 
Zamonaviy kasblar makoni Аdju universitetining jamoasi innovatsiyalarni amalda qoʼllash, yoshlarning yanada chuqur ilm olishlari uchun izlanishdan tolmaydi. 
Ishonch bilan ayta olamizki, Toshkent shahridagi Аdju universiteti mamlakatimizning oliy taʼlim dargohlari ichida ham alohida oʼringa ega boʼlib bormoqda. 
Аziz professor-oʼqituvchilar, talabalar, ota-onalar, ushbu sana barchamizga muborak boʼlsin! 
Salomatlik va ijod zavqi hech qachon Sizni tark etmasin!

Hurmat bilan universitet maʼmuriyati.